Abstract
<jats:p>Ushbu maqolada binar to‘ldiruvchilar, mineral komponentlar va qavariqlanuvchi antipiren qo‘shimchalar asosida modifikatsiyalangan epoksid polimer kompozit qoplamalarning termo-fizik, termomexanik hamda olovbardoshlilik xossalari o’rganilgan. Tadqiqot obyekti sifatida VEP-3 markali epoksid smolasi asosidagi issiqlikdan himoyalovchi kompozit qoplama tanlangan. Materialning termik barqarorligi differensial-termogravimetrik tahlil, massa yo‘qotish kinetikasi, termomexanik deformatsiya, kislorod indeksi va tutun hosil qilish koeffitsienti orqali baholangan. Natijalarga ko‘ra, VEP-3 namunasida 283,57 °C da endotermik effekt kuzatilgan bo‘lib, 21,07–801 °C oralig‘ida umumiy massa yo‘qotilishi 48,285 % ni tashkil etgan. Antipirenlar, vermikulit, uglerod nanotubalari va qavariqlanuvchi qo‘shimchalarning optimal nisbatda qo‘llanilishi kislorod indeksini 17–19 % dan 35–38 % gacha oshirgan hamda tutun hosil bo‘lishini kamaytirgan. Olingan natijalar qavariqlanuvchi epoksid kompozit qoplamalarning issiqlik va yong‘indan himoyalovchi samarali material sifatida qo‘llanishini asoslaydi.</jats:p>