Abstract
<jats:p>Ushbu maqolada Qizilqum hududidagi istiqbolli kaolin maydonlarining (Zaхkuduk, Alyans, Altintau) geologik tuzilishi, minerallashuvi, moddi yotqiziqlari va kaolinlarning shakllanish omillari kompleks o‘rganilgan. Tadqiqotlarda hududda uchraydigan birlamchi (qoldiq), ikkilamchi (cho‘kindi), metamorfizmga uchramagan va karst genezisli kaolinlarning tarkibi, tarqalishi va ularning sanoat ahamiyati ilmiy asoslangan. Kaolin xom ashyosining yuqori sifat ko‘rsatkichlari — past temir oksidlari, past ishqorlar, baland kaliy moduli (4 dan yuqori), hamda pegmatitlarga nisbatan granitlarning kaolinlashgan nurash qobiqlarining muhim manba sifatidagi ustunliklari yoritilgan. Qarnab, Ketmenchi, Oltintau, Auminzatov kabi hududlarda rivojlangan nurash po‘stlari, ularning qalinligi, miqdoriy zaxiralari (yuz ming tonnalardan milliard tonnagacha) va morfologik-geologik xususiyatlari tahlil qilingan. Shuningdek, metamorfik slaneslar, karbonatli jinslar va yuqori bo‘r davri gilli-qumli qatlamlaridagi kaolinlashuv jarayonlari, dayka tipidagi kaolinlashgan tanalar, ularning mineral tarkibi (kaolinit, gidroslyuda, galluazit, montmorillonit, relikt kvars va b.) batafsil ko‘rsatib o‘tilgan. Hududda uchraydigan alunit va galluazitli konlar ham tasniflanib, ularning genezisi yoritilgan.</jats:p>