Back to Search View Original Cite This Article

Abstract

<jats:p>Porshenli kompressorlarning energiya samaradorligi ko‘p jihatdan kompressorga so‘riluvchi havoning boshlang‘ich termodinamik holatiga, ayniqsa uning haroratiga bog‘liq. So‘riluvchi havoning yuqori harorati gaz zichligining kamayishiga olib keladi, bu esa siqish jarayonida bajariladigan ish miqdorining ortishiga va natijada elektr energiyasi sarfining ko‘payishiga sabab bo‘ladi. Ushbu tadqiqotning maqsadi porshenli kompressorlar uchun ko‘p bosqichli so‘riluvchi havoni sovitish tizimini ishlab chiqish hamda uning termodinamik va aerodinamik ko‘rsatkichlarga ta’sirini hisoblash suyuqliklar usuli asosida baholashdan iborat. Taklif etilgan texnik yechimda so‘riluvchi havo kompressorga kirishdan oldin ketma ket joylashgan ko‘p bosqichli quvurli issiqlik almashtirgichlar orqali sovitiladi. Tadqiqot SolidWorks Flow Simulation dasturi yordamida amalga oshirildi va harorat hamda bosim maydonlari modellashtirildi. Modellashtirish natijalari so‘riluvchi havoning harorati 40°C dan 7–8°C gacha kamayishini ko‘rsatdi. Bu esa havoning zichligini oshirish, siqish uchun zarur ish miqdorini kamaytirish va kompressorning energiya samaradorligini oshirish imkonini beradi. Shu bilan birga, qurilmadagi bosim yo‘qotish qiymati 14–26 Pa oralig‘ida bo‘lib, bu gidravlik qarshiliklarning minimal darajada ekanligini ko‘rsatadi. Olingan natijalar taklif etilgan ko‘p bosqichli sovitish tizimi kompressorning hajmiy unumdorligini oshirish, elektr energiyasi sarfini kamaytirish va umumiy energiya samaradorligini yaxshilashga xizmat qilishini tasdiqlaydi. Taklif etilgan texnik yechim sanoat porshenli kompressorlarida energiya tejamkor texnologiya sifatida qo‘llanishi mumkin.</jats:p>

Show More

Keywords

soriluvchi energiya havoning porshenli bosqichli

Related Articles