Back to Search View Original Cite This Article

Abstract

<jats:p>Ushbu maqolada grunt o‘zanli irrigatsiya kanallarini rekonstruksiyalash parametrlarini aniqlash uchun ishlab chiqilgan ko‘p maqsadli optimallashtirish modeli ta’riflanadi. Model oqim gidravlik parametrlarini Shezi-Manning tenglamasi, oqiziq transporti hisoblarini Engelund–Hansenning oqimning tashuvchanlik qobiliyatini aniqlash formulasi va filtratsiya hisoblarini Pavlovskiy filtratsiya formulasi bilan hisoblashlarni о‘z ichiga oladi. Shuningdek model NSGA-II algoritmi yordamida shakllantirilgan kombinatsiyalar uchun hozirgi paytdagi narx-navolar asosida rekonstruksiya va ekspluatatsiya xarajatlarini hisoblaydi. Optimallashtirish modelida Python muhitidagi NSGA-II algoritmini qо‘llash orqali kombinatsiyalarni shakllantirish va eng kam umumiy xarajatlar beradigan natijalar asosida eng maqbul parametrlarni saralash bajariladi. Modelning keys-stadi sinovi Amu-Buxoro mashina kanali misolida o‘tkazildi. Natijalar rekonstruksiya va ekspluatatsiya xarajatlari o‘rtasidagi optimal muvozanatni aniqlash imkonini berdi.</jats:p>

Show More

Keywords

aniqlash parametrlarini uchun optimallashtirish model

Related Articles