Abstract
<jats:p>Mazkur tadqiqot ishida mahalliy xomashyolar — izoamil spirti, ftalangidrid, glitserin va sirka kislotasi asosida kislorod saqlagan, benzinning oktan sonini oshiruvchi organik qo‘shimchalar sintez qilindi hamda ularning optimal olish sharoitlari aniqlandi. Sintezlangan moddalar tuzilishi IR, PMR va YaMR spektroskopiya usullari yordamida tasdiqlandi. Olingan diizoamilftalat (DIAF) va triatsetin (TA) qo‘shimchalari AI-80 markali benzinga qo‘shilganda oktan sonining sezilarli darajada oshishi kuzatildi. DIAF 10% miqdorda qo‘shilganda oktan soni 7,5 birlikka, TA esa 5% miqdorda 4,3 birlikka oshgani aniqlangan. Tadqiqot natijalari mahalliy xomashyolar asosida ekologik xavfsiz va samarali oksigenat qo‘shimchalar ishlab chiqarish imkoniyatini ko‘rsatadi.</jats:p>