Abstract
<jats:p>Ushbu maqolada kungaboqar mumini ajratib olish va uning fizik-kimyoviy xususiyatlarini o‘rganish natijalari keltirilgan bo‘lib, unda kungaboqah mumi haqida umumiy ma’lumotlar, ularning kimyoviy tarkiblari, mumlarni urug‘ va moyidan ajratib olish usullari hamda mumsimon modda va perlit aralashmasidan mumsimon moddani ajratishda osh tuzi eritmasining konsentratsiyasi va cho‘ktirish haroratining ta’sirlari o‘rganilgan. Shuning bilan birgalikda, mumsimon moddalarni perlitdan ajratib olish, perlitni cho‘ktirish davomiyligini mumsimon moddaning chiqish unumiga ta’siri, ishlatilgan perlitdan ajartib olingan mumsimon moddalarning fizik-kimyoviy ko‘rsatkichlari haqida batafsil ma’lumotlar keltirilgan hamda kungaboqar moyidan mumsimon moddalarni ajratib olish uchun muzlatish usulidan foydalanilgan.</jats:p>