Back to Search View Original Cite This Article

Abstract

<jats:p>Ushbu tadqiqotda nokonditsion fosforit minerallashgan massasi va kanalizatsiya oqova suvlarini biokimyoviy tozalash inshootlarida hosil bo‘ladigan oqova suvlar cho‘kindilari (OSCh) asosida organik-mineral o‘g‘itlar olish imkoniyatlari o‘rganildi. Fosforit va OSCh 90:10 dan 30:70 gacha bo‘lgan og‘irlik nisbatlarida aralashtirilib, 30 % li sulfat kislotasi bilan kalsiy oksidiga nisbatan 50–90 % stixiometrik me’yorlarda kimyoviy ishlov berildi. Ishlov natijasida hosil bo‘lgan bo‘tqalar suyuq va qattiq fazalarga ajratilib, ularning tarkibidagi umumiy P₂O₅, organik moddalar, gumin va fulvo kislotalar miqdori tahlil qilindi. Olingan natijalar fosforit ulushi yuqori bo‘lgan namunalarda fosfor miqdori ortishi, OSCh ulushi oshirilganda esa organik moddalar, ayniqsa suyuq faza tarkibidagi fulvo kislotalar miqdorining sezilarli ko‘payishini ko‘rsatdi. Sulfat kislotasi me’yorining oshirilishi fosforning suyuq fazaga o‘tishini va organik moddalar bilan barqaror komplekslar hosil qilishini ta’minladi. Tadqiqot natijasida fulvo kislotalarga boy tez ta’sir etuvchi suyuq o‘g‘it hamda gumin kislotalar ustun bo‘lgan uzoq ta’sir etuvchi qattiq organik-mineral o‘g‘it olish imkoniyati ilmiy jihatdan asoslandi.</jats:p>

Show More

Keywords

bolgan suyuq fosforit hosil osch

Related Articles