Abstract
<jats:p>Mazkur maqolada geografik axborot tizimlari (GAT) asosida agroekologik monitoring xaritalarini takomillashtirish masalalari kompleks tarzda tahlil qilingan. Yer maydonlarining ekologik holatini baholash va monitoring qilishda raqamli kadastr kartalarini yaratish, ularning aniqligi, to‘liqligi va topologik mosligi muhim omil sifatida ko‘rib chiqilgan. Tadqiqotda raqamli kartografiyaning metodologik asoslari, GAT texnologiyalarining imkoniyatlari hamda raqamlashtirish (digitalizatsiya) jarayonlari yoritilgan. Shuningdek, metama’lumotlar tizimi, fazoviy ma’lumotlar sifati va ularning boshqarilishi agroekologik monitoring samaradorligini oshirishda muhim ahamiyat kasb etishi asoslab berilgan. Olingan natijalar yer resurslaridan oqilona foydalanish, ekologik nazoratni kuchaytirish va zamonaviy raqamli kartografik mahsulotlar yaratishda qo‘llanishi mumkin.</jats:p>