Abstract
<jats:p>Mazkur maqolada chet el tadqiqotlari asosida quyi va yuqori bo‘r yotqiziqlarining stratigrafik tabaqalanishi, stratotiplari hamda zamonaviy stratigrafik yondashuvlar tahlil qilingan. Bo‘r sistemasi stratigrafiyasining shakllanish tarixi, tetik va boreal mintaqalar uchun ishlab chiqilgan stratigrafik standartlar hamda global stratotip kesimlari va nuqtalari (GSSP) bilan bog‘liq muammolar ko‘rib chiqilgan. Tadqiqotda ammonitlar, inotseramlar va boshqa biostratigrafik ko‘rsatkichlarning quyi va yuqori bo‘r yotqiziqlarini tabaqalashtirishdagi ahamiyati yoritilgan. Shuningdek, integratsiyalashgan stratigrafik usullar — biostratigrafik, magnitostratigrafik, chemostratigrafik va izotop-geokimyoviy yondashuvlarning qo‘llanishi tahlil qilindi. Olingan natijalar mintaqaviy stratigrafik kesimlarni xalqaro stratigrafik shkala bilan korrelyatsiya qilishda, geologik xaritalashda hamda foydali qazilmalarni qidirish va baholash jarayonlarida muhim ilmiy asos bo‘lib xizmat qiladi.</jats:p>