Abstract
<jats:p>Ushbu maqolada O‘zbekistonda volfram sanoatining shakllanishi va zamonaviy rivojlanish bosqichi tahlil qilinadi. Ingichka, Sariko‘l va Sautbay konlarining xom ashyo salohiyati hamda ularni o‘zlashtirish istiqbollari yoritilgan. Xususan, Ingichka koni negizida texnogen chiqindilarni qayta ishlash asosida volfram ishlab chiqarishni tiklash jarayonlari ko‘rib chiqilgan. Shuningdek, volfram konsentrati ishlab chiqarish hajmlarining o‘sishi, investitsion loyihalar va xalqaro hamkorlik masalalari tahlil etilgan. Volframning sanoatdagi strategik ahamiyati hamda jahon bozori rivojlanish tendensiyalari asosida O‘zbekistonning ushbu yo‘nalishdagi istiqbollari baholangan.</jats:p>
Show More
Keywords
volfram
ushbu
rivojlanish
tahlil
ingichka