Back to Search View Original Cite This Article

Abstract

<jats:p>Ushbu maqolada neft va gaz konlarini izlash hamda dastlabki baholash jarayonlarida aerokosmik xaritalash va masofadan zondlash texnologiyalarining ahamiyati yoritilgan. Tadqiqotda kosmik suratlar, aerofotos’yomka, aerogeofizik ma’lumotlar hamda GIS (geoinformatsion tizimlar) imkoniyatlari tahlil qilinib, ularning geologik tuzilmalarni aniqlash, tektonik buzilish va strukturalarni xaritalash, istiqbolli maydonlarni ajratishdagi samaradorligi asoslab berilgan. Xorijiy tajribalar (AQSh, Kanada, Rossiya, Yevropa va Yaponiya) hamda O‘zbekiston sharoitida (Qashqadaryo, Buxoro–Xiva, Farg‘ona vodiysi) aerokosmik usullarni qo‘llash natijalari qiyosiy ko‘rib chiqilib, qidiruv ishlari samaradorligi, vaqt va xarajatlarni qisqartirish imkoniyatlari baholangan. Maqolada aerokosmik ma’lumotlarni geofizik, geokimyoviy va dala tadqiqotlari bilan integratsiyalash qidiruv natijalarining ishonchliligini oshirishi, shuningdek ekologik monitoringni kuchaytirishda ham muhim rol o‘ynashi ta’kidlangan. Yakunda O‘zbekistonda aerokosmik texnologiyalarni keng joriy etish uchun ilmiy hamkorlikni kuchaytirish, yuqori aniqlikdagi ma’lumotlar bazasini kengaytirish va kadrlar tayyorlash zarurligi bo‘yicha takliflar berilgan.</jats:p>

Show More

Keywords

aerokosmik hamda maqolada xaritalash malumotlar

Related Articles