Back to Search View Original Cite This Article

Abstract

<jats:p>Ushbu maqola Amudaryo havzasida qurilayotgan Qosh-tepa kanalining Qashqadaryo viloyati suv ta’minotiga salbiy ta’sirini yumshatish maqsadida, kollektor-drenaj suvlaridan (KDS) xavfsiz foydalanishning intellektual tizimini ishlab chiqishga bag‘ishlangan. Viloyat sug‘orish suvlarining 73% qismi Amudaryodan nasoslar orqali olinishini hisobga olib, suv tanqisligini qoplash uchun mineralizatsiyasi yuqori bo'lgan drenaj suvlarini chuchuk suv bilan aralashtirib ishlatish taklif etiladi. Jarayonni boshqarish uchun Physics-Informed Neural Networks (PINN) va Internet of Things (IoT) texnologiyalariga asoslangan gibrid model ishlab chiqildi. Natijalar shuni ko‘rsatdiki, impulsli sug‘orish rejimi va tuproqdagi tuz ko‘chish jarayonlarini real vaqtda nazorat qilish orqali suv sarfini 20-25% ga qisqartirish va tuproqning ikkilamchi sho‘rlanishini oldini olish mumkin.  </jats:p>

Show More

Keywords

ishlab sugorish orqali uchun ushbu

Related Articles