Back to Search View Original Cite This Article

Abstract

<jats:p>Qo‘l yozuvi matnlarini avtomatik aniqlash va tanib olish masalasi kompyuter ko‘rish hamda sun’iy intellekt sohalarining eng murakkab yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Ushbu ishda belgilarni aniqlash va ajratib olish jarayonining nazariy asoslari hamda zamonaviy algoritmik yondashuvlari ilmiy adabiyotlar asosida tahlil qilinadi. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, qo‘l yozuvi tanish tizimlarida segmentatsiya bosqichi eng muhim va murakkab jarayonlardan biri bo‘lib, uning xatolari butun OCR tizimi aniqligiga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi. Zamonaviy ishlarda segmentatsiyaga asoslangan, segmentatsiyasiz va gibrid yondashuvlar qo‘llanilmoqda. Chuqur o‘rganishga asoslangan konvolyutsion, rekurrent va attention mexanizmlaridan foydalanadigan modellar qo‘l yozuvini tanishda yuqori samaradorlik ko‘rsatmoqda. Ushbu tezisda mavjud ilmiy ishlardagi metodlar umumlashtirilib, belgilarni aniqlash tizimlarini yaratishda ularning nazariy ahamiyati asoslab beriladi.</jats:p>

Show More

Keywords

aniqlash yozuvi olish hamda murakkab

Related Articles

PORE

About

Connect