Back to Search View Original Cite This Article

Abstract

<jats:p>Mazkur maqolada yurakning inson organizmidagi o‘rni, anatomik va fiziologik xususiyatlari, gemodinamik jarayonlardagi roli hamda yurak faoliyatining buzilishi natijasida yuzaga keladigan kasalliklar keng yoritilgan. Yurak qon aylanish tizimining markaziy a’zosi bo‘lib, organizm to‘qimalariga kislorod va oziq moddalarni yetkazib berish, moddalar almashinuvi mahsulotlarini chiqarib tashlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Maqolada yurakning anatomik tuzilishi, uning qismlari, klapanlari, o‘tkazuvchi tizimi va qon aylanish doiralari haqida ma’lumot beriladi. Shuningdek, ishemik yurak kasalligi, miokard infarkti, gipertoniya, yurak yetishmovchiligi, aritmiyalar, tug‘ma va orttirilgan yurak nuqsonlari kabi kasalliklar etiologiyasi, patogenezi, klinik belgilari, diagnostikasi va davolash tamoyillari tahlil qilinadi. Profilaktika choralariga ham alohida e’tibor qaratilgan.</jats:p>

Show More

Keywords

yurak maqolada yurakning anatomik kasalliklar

Related Articles