Back to Search View Original Cite This Article

Abstract

<jats:p>Ushbu maqolada global ekologik muammolarning iqtisodiyotga ko’rsatayotgan bevosita va bilvosita ta’sirlari tahlil qilingan. Tadqiqot doirasida BMT, Jahon banki va xalqaro ilmiy tashkilotlarning so’nggi hisobotlariga asoslangan holda, atrof-muhit degradatsiyasining iqtisodiy o’sish, xalqaro savdo, turizm va aholi farovonligiga ta’siri miqdoriy jihatdan baholangan. Xususan, tabiatni muhofaza qilishga yo’naltirilgan mablag’lar uning buzilishiga sarflanayotgan investitsiyalarning atigi 3 foizini tashkil etishi, okean ekotizimlarining zararlanishi iqlim o’zgarishidan ko’riladigan iqtisodiy zararni deyarli ikki baravarga oshirishi, chiqindilarni noto’g’ri boshqarish esa ayrim mintaqalarda yillik 7 milliard dollardan ortiq zarar keltirishi aniqlangan. Shuningdek, “yashil iqtisodiyot”ga o’tish bo’yicha O’zbekiston Respublikasining “O’zbekiston-2030” strategiyasi doirasida amalga oshirayotgan islohotlari va ularning istiqbollari yoritilgan. Maqolada ekologik muammolarni bartaraf etmasdan turib, barqaror iqtisodiy o’sishga erishish mumkin emasligi ilmiy asoslangan. </jats:p>

Show More

Keywords

maqolada ekologik doirasida xalqaro ilmiy

Related Articles