Abstract
<jats:p>Maqolada Alisher Navoiy g‘azallaridagi sintaktik ekspressivlikning to‘rtta vositasi - inversiya, parallelizm, takror (anafora, epifora hamda radifga yaqin shakllar) va ritorik so‘roqlar tahlil qilinadi. Tadqiqot materiali “Xazoyin ul-maoniy” devonlaridan olingan misollarga tayangan bo‘lib, nazariy asos sifatida o‘zbek stilistikasi va ekspressiv sintaksis bo‘yicha ilmiy qarashlar xizmat qiladi. Tahlil natijasida inversiya mazmuniy fokusni siljitishi, parallelizm bayon simmetriyasini yaratishi, takror ritmni shakllantirib emotsional ta’sirni kuchaytirishi, ritorik so‘roqlar esa dialogiklik va lirik subyekt dramatizmini oshirishi aniqlanadi. Xulosa qilinishicha, sintaktik og‘ishlar tizimli va funksional xarakterga ega</jats:p>
Show More
Keywords
sintaktik
inversiya
parallelizm
takror
ritorik