Back to Search View Original Cite This Article

Abstract

<jats:p>Maqolada o‘zbek tilshunosligida so‘z birikmalarining leksik-semantik tabiatini aks ettiruvchi xususiy birikuvchili birikmalar nazariyasi yoritiladi. An’anaviy sintaktik tadqiqotlarda birikuvchanlik asosan formal-grammatik munosabatlar orqali izohlangan bo‘lsa-da, real nutq jarayonida so‘zlarning o‘zaro birikishi leksik-semantik cheklanish, nutqiy me’yor va assotsiativ faollashuv bilan belgilanadi. Maqolada xususiy birikuvchili birikmalar erkin so‘z birikmalari va frazeologik birliklar oralig‘ida joylashgan, leksik tanlovi cheklangan, ammo to‘liq idiomatik bo‘lmagan birliklar sifatida asoslanadi. Shuningdek bu hodisaning shakllanish bosqichlari, klassik sintaksis doirasida talqin qilinishi hamda valentlik nazariyasi va korpus lingvistikasi ta’sirida yangi ilmiy mazmun kasb etgani tahlil qilinadi. Natijada xususiy birikuvchanlikni mustaqil ilmiy obyekt sifatida o‘rganish uchun nazariy asos yaratadi.</jats:p>

Show More

Keywords

xususiy maqolada leksiksemantik birikuvchili birikmalar

Related Articles