Abstract
<jats:p>Mazkur tadqiqot “vaqt” konseptining ingliz va o‘zbek tillarida til-tafakkur-madaniyat kesishmasida qanday modellashtirilishini lingvomadaniy (linguocultural) yondashuv asosida qiyosiy yoritadi. Zamonaviy kognitiv lingvistika vaqtni bevosita kuzatilmaydigan abstrakt domen sifatida ko‘radi; shu bois u ko‘pincha fazo, harakat, resurs, me’yor, tabiat sikllari kabi tajribaviy domenlar orqali “ko‘rinadigan” qilinadi. Turli fanlar kesishmasidagi sharhlar vaqt tushunchalarining, ayniqsa, “fazoviylashtirilgan vaqt” (space-time mapping) mexanizmlarining til, imo-ishora, madaniy amaliyot va psixologik tajriba bilan bog‘liqligini ko‘rsatadi. Tadqiqotda lingvomadaniy model “yadro-yaqin periferiyа-uzoqqa cho‘zilgan periferiyа” tamoyili bo‘yicha talqin qilinadi: yadro qatlamda leksik-semantik belgilash (vaqt, payt, zamon; time, moment, era), yaqin periferiyada paremiologiya va frazeologiya (maqol, matal, idiom), uzoq periferiyada esa diskursiv va pragmatik me’yorlar (punktuallik, “erta-kech” qadri, rejalash uslubi) tahlil qilinadi. Empirik qismda ochiq manbalardagi paremiologik birliklar va idiomatik ifodalar asosida tuzilgan mini-korpus (n=240; har til bo‘yicha 120 birlik) MIP (Metaphor Identification Procedure) kabi tekshiriladigan usulga tayanib konseptual metafora va freymlar bo‘yicha kodlandi. Natijalarda ingliz tilida vaqtning resurs/kapital sifatida konseptuallashuvi (“TIME IS MONEY” tipidagi ramkalar) nisbatan yuqori ulush ko‘rsatishi, o‘zbek tilida esa vaqtning “fursat”, “baraka”, “sikl” va “qadr” bilan bog‘langan freymlari faolroq ekani aniqlanadi. Qiyosiy tahlil tarjima, til o‘qitish va madaniyatlararo muloqot uchun amaliy xulosalar beradi.</jats:p>