Abstract
<jats:p>Maqolada nemis va o‘zbek tillarida mehr-muhabbat, yaqinlik va ijtimoiy rolni bildiruvchi erkalovchi birliklar (nemis tilida - Kosenamen)ning gender nuqtai nazaridan leksik, morfologik, uslubiy va madaniy-kognitiv xususiyatlari qiyosiy tahlil qilinadi. Tadqiqot Duden nashriyoti lug‘atlaridagi pometa-indikatorlar[1], DWDS onlayn korpusi[2], badiiy matnlardagi misollar (J. W. Goethe Die Leiden des jungen Werthe[3], Th. Fontane Effi Briest [4]), shuningdek gender lingvistikasidagi ishlanmalar (E. L. Wyss va hammualliflar [5]; D. Tannen [6]) asosida olib borildi. Natijalarga ko‘ra, nemis tilida gender-neytral Kosename’lar (Schatz, Liebling, Herzchen) ko‘p qo‘llanadi, o‘zbek tilida esa gender-spetsifik birliklar (gulchira, oppoq qizim, botir) ijtimoiy rol va qadriyatlar bilan chambarchas bog‘langan. Ayol nutqida diminutiv va estetik baholovchi birliklar ustun; erkak nutqida esa kuch, himoya va maqom semantikasi yetakchi.</jats:p>