Back to Search View Original Cite This Article

Abstract

<jats:p>Badiiy asar har bir ijodkorning ideallari, ko‘ra olgan haqiqatlari, ijtimoiy munosabatlar tartibi va shu olamning shakliy xususiyatlarini aks ettiruvchi ulkan, murakkab tizimdir. Bu olamning mavjudlik shakllari esa zamon va makondir. San’at, jumladan, adabiyot ham olamning davomiy o‘zgaruvchan, yaxlit manzarasini badiiy-individual tasvirlaydi. Badiiy asar muallif tomonidan real olamni subyektiv, xayoliy-emotsional tasvirlash hisobiga xususiylik kasb etadi. Ammo bu tasvirlarni adabiyotshunoslik mohiyatan umumlashtiradi. Natijada, olamning vaqtinchalik badiiy modeli yaratiladi. Ushbu badiiy modelning yaratilishida zamon va makon unsurlari katta ahamiyatga ega. She’riyatdagi zamon va makon masalasini o‘rganish ham mazkur turning boshqa adabiy turlardan farqlanish xususiyatlari, tasvirlash imkoniyatlari yoki chegaralari haqida muayyan xulosalar chiqarishga daxl etadi</jats:p>

Show More

Keywords

badiiy olamning zamon asar tasvirlash

Related Articles