Back to Search View Original Cite This Article

Abstract

<jats:p>Mazkur tadqiqot frazeologik birliklarni tahlil birligi sifatida ko‘rib chiqishga bag‘ishlangan bo‘lib, unda frazeologizm tushunchasining nazariy talqinlari, asosiy belgilari, semantik tuzilishi hamda lingvomadaniy tadqiq etish tamoyillari yoritiladi. Ishda frazeologiya sohasida mavjud bo‘lgan “keng” va “tor” yondashuvlar tahlil qilinib, frazeologik birliklarning chegaralarini belgilash masalasining munozarali jihatlari ko‘rsatib beriladi. Tadqiqot metodologik asosi sifatida frazeologik birliklarning nominativ-funksional tasnifi qabul qilinib, idiomalar, frazeologik birikmalar va turg‘un o‘xshatishli iboralar alohida tahlil obyektlari sifatida qaraladi. Frazeologik birliklarning semantik tuzilishi denotativ, signifikativ va konnotativ makrokomponentlar doirasida izohlanadi, bunda konnotativ komponentning ustun roli asoslab beriladi. Ishda frazeologik obrazlilik, ichki shakl va motivlanganlik tushunchalarining o‘zaro bog‘liqligi ochib berilib, frazeologik birliklarning ikkilamchi nominatsiya birliklari sifatidagi xususiyatlari ko‘rsatib o‘tiladi. Shuningdek, tabiiy unsurlar bilan bog‘liq frazeologik birliklarning lingvomadaniy mazmuni, ularning ramziy va pragmatik xususiyatlari ingliz va o‘zbek tillari materiallari asosida yoritiladi. Tadqiqot natijalari frazeologik birliklar semantikasida madaniy axborotning shakllanishi va diskursdagi funksional faoliyatini tushuntirishga xizmat qiladi</jats:p>

Show More

Keywords

frazeologik birliklarning tadqiqot tahlil sifatida

Related Articles