<jats:p>Mazkur ilmiy maqolada ovoz rejissyorligi sohasida joriy etilayotgan zamonaviy texnologiyalarning nazariy asoslari, rivojlanish bosqichlari hamda amaliy jarayonga ta’siri tahlil qilinadi. Raqamli audio texnologiyalar, DAW tizimlari, studiya uskunalari va sun’iy intellektga asoslangan yechimlarning ovoz sifati hamda ijodiy jarayondagi o‘rni ilmiy manbalar va mutaxassislar fikrlari asosida yoritiladi.</jats:p>