Abstract
<jats:p>Mazkur maqolada musiqa ta’limida zamonaviy metodlardan foydalanishning yutuqlari va ularni qo‘llash jarayonida uchrayotgan muammolar nazariy jihatdan tahlil qilinadi. Zamonaviy pedagogik texnologiyalar, interfaol usullar, reflektiv ta’lim, loyiha asosida o‘qitish, raqamli texnologiyalar va kreativ yondashuvlarning musiqa ta’limidagi o‘rni yoritiladi. Maqolada innovatsion metodlarning ijodiy tafakkurni rivojlantirish, o‘quvchi shaxsini faollikka undashdagi afzalliklari bilan bir qatorda, ularni amaliyotga tatbiq etishdagi qiyinchiliklar ham tahlil qilinadi. Shu bilan birga, o‘qituvchining metodik tayyorgarligi, texnologik kompetensiyasi va san’atni o‘qitishdagi shaxsiy yondashuvining ahamiyati ko‘rsatib beriladi.</jats:p>
Show More
Keywords
maqolada
musiqa
zamonaviy
ularni
tahlil