Back to Search View Original Cite This Article

Abstract

<jats:p>Ushbu maqolada sun‘iy intellekt (SI) davrida obrazlilik tushunchasining mohiyati falsafiy nuqtai nazardan chuqur tahlil qilinadi. Generativ modellarning yaratgan tasvirlari, mualliflik masalasi va haqiqat o‘rtasidagi murakkab, ba’zan ziddiyatli munosabatlar izchil yoritib beriladi. Tadqiqotda asosiy e’tibor SI tomonidan yaratilgan tasvirlarning ontologik (borliq bilan bog‘liq) va gnoseologik (bilish bilan bog‘liq) jihatlariga qaratilgan. Bu tasvirlar inson ijodkorligiga qanday ta’sir ko‘rsatayotgani, uni boyitayotgani yoki, aksincha, susaytirayotgani atroflicha ko‘rib chiqiladi. Tahlil asosida klassik falsafaning yirik namoyandalari – Platonning g‘oyalar olami, Kantning estetik hukm nazariyasi, Hegelning san’at falsafasi – hamda zamonaviy mutafakkirlar Walter Benjaminning “texnik takrorlanish” konsepsiyasi va Jacques Derrida ning dekonstruksiya yondashuvi yotadi. Ushbu nazariyalar orqali obrazlilikning haqiqat va mualliflik bilan qanday bog‘lanishi ochib beriladi. Maqolada ta’kidlanishicha, generativ SI vositalari orqali yaratilgan tasvirlar nafaqat real dunyoni taqlid qiladi, balki ko‘pincha uni buzadi va “haqiqiy” deb qabul qilinadigan narsalarni shubha ostiga qo‘yadi. Shu bilan birga, an’anaviy mualliflik huquqi tushunchasi ham jiddiy sinovga duch kelmoqda va uni qayta ko‘rib chiqish zarurati yuzaga kelmoqda. Tadqiqot natijalari obrazlilik tushunchasini zamonaviy SI kontekstida yangicha talqin qilishga yordam beradi hamda kelgusidagi chuqurroq tadqiqotlar uchun nazariy va metodologik asos yaratadi.</jats:p>

Show More

Keywords

bilan mualliflik ushbu maqolada obrazlilik

Related Articles