Back to Search View Original Cite This Article

Abstract

<jats:p>Ushbu maqolada cho‘pon obrazi konsepti, uning turli madaniyat va adabiyotlarda qanday shakllangani o‘rganiladi. Cho‘pon obrazi xalq og‘zaki ijodida, mifologiya va adabiy asarlarda qanday talqin etilgani tahlil qilinadi. Ushbu obraz o‘zbek adabiyoti va madaniyatida alohida o‘rin egallab, ozodlik, donishmandlik va tabiat bilan uyg‘unlik timsoli sifatida namoyon bo‘ladi. Adabiy asarlarda cho‘pon ko‘pincha xalq donishmandligi, mehnatsevarlik va fidoyilik timsoli sifatida tasvirlanadi. Tadqiqotda tarixiy, badiiy va falsafiy jihatlar yoritilib, cho‘pon timsolining konsepti o‘rganiladi. Ayniqsa, Sharq va G‘arb adabiyotlaridagi cho‘pon obrazi qiyosiy tahlil qilinib, ularning o‘ziga xos xususiyatlari ko‘rsatib beriladi. Cho‘pon faqatgina qo‘y boquvchi emas, balki inson va tabiat o‘rtasidagi bog‘liqlik, axloqiy va ijtimoiy munosabatlarning ramziy ifodasi ekanligi qayd etiladi.</jats:p>

Show More

Keywords

chopon obrazi ushbu konsepti qanday

Related Articles