Back to Search View Original Cite This Article

Abstract

<jats:p>Ushbu maqola bo‘lajak chizmachilik o‘qituvchilarining dizayn fikrlashini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish masalasiga bag‘ishlangan. Grafik ta’lim jarayonida o‘quvchilarning ijodiy, analitik va tizimli fikrlash ko‘nikmalarini shakllantirish zamonaviy pedagogik jarayonning muhim qismi hisoblanadi. Tadqiqot davomida interaktiv darslar, loyiha asosida o‘qitish va multimediya vositalaridan foydalanish metodlari sinovdan o‘tkazilib, ularning samaradorligi tahlil qilindi. Natijalar shuni ko‘rsatdiki, mazkur metodlar bo‘lajak o‘qituvchilarning kreativ yondashuvini sezilarli darajada oshiradi, murakkab dizayn masalalarini hal qilishga va yangi yechimlar ishlab chiqishga imkon yaratadi. Shu bilan birga, tadqiqot pedagogik jarayonni modernizatsiya qilish va bo‘lajak o‘qituvchilarning professional tayyorgarligini mustahkamlashda amaliy qiymatga ega ekanligini tasdiqlaydi.</jats:p>

Show More

Keywords

bolajak dizayn pedagogik tadqiqot oqituvchilarning

Related Articles