Abstract
<jats:p>Ushbu maqola maktabgacha yoshdagi eshitish nuqsoni bo‘lgan bolalarning og‘zaki nutqini rivojlantirishda ertaklarning pedagogik va lingvistik ahamiyatini chuqur tahlil qiladi. Tadqiqot jarayonida ertaklarning semantik tarkibi, sintaktik tuzilishi hamda nutqni modifikatsiya qiluvchi stilistik xususiyatlari batafsil o‘rganildi. Shuningdek, maqolada ertaklar yordamida og‘zaki nutqni rivojlantirishning samarali metod va texnologiyalari, nutqiy faoliyatni faollashtirish usullari ham keltirilgan. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, strukturali va ma’noli ertaklar bolalarning fonematik idrokini oshirish, lug‘at boyligini kengaytirish va ijtimoiy kommunikativ ko‘nikmalarini shakllantirishda samarali vosita sifatida xizmat qiladi.</jats:p>