Back to Search View Original Cite This Article

Abstract

<jats:p>Ushbu maqola konchilik sanoatida foydali qazilmalarni tashish jarayonida lenta konveyer transportidan foydalanishning dolzarbligi va ahamiyatini yoritadi. Ochiq konlarda qo‘llaniladigan lenta konveyerlarning konstruktiv xususiyatlari batafsil tahlil qilinadi, shuningdek, turli ortiqcha yuklanishlar, dinamik zarbalar hamda mexanik ta’sirlar sharoitida ishlaydigan konveyer roliklarining mustahkamligi va ishonchliligi ko‘rib chiqiladi. Amaliyotda rolik o‘qlari sinishi yoki podshipniklar tiqilib qolishi natijasida ularning aylanishi to‘xtashi mumkinligi ma’lum. Shu sababli, rolik va podshipniklarga ta’sir etuvchi kuchlarni kamaytirish, eskirgan roliklarni o‘z vaqtida almashtirish hamda podshipniklarni moylash orqali ularning xizmat muddatini uzaytirishga qaratilgan tadqiqotlar olib borildi. Yuklash nuqtasida joylashgan rolik tayanchlariga ta’sir qiluvchi kuchlar aniqlanib, ularning ish sharoitlari baholandi..</jats:p>

Show More

Keywords

rolik ularning lenta konveyer hamda

Related Articles