Abstract
<jats:p>Ushbu maqolada Sharq musiqiy merosi vositasida o‘quvchilarda ma’naviy-axloqiy sifatlarni shakllantirishning pedagogik tizimi tadqiq etiladi. Sharq mumtoz musiqasi va maqom san’atining o‘sib kelayotgan avlod ruhiyatiga, ularning estetik didi hamda axloqiy dunyoqarashiga ta’siri ilmiy jihatdan asoslanadi. Tadqiqot davomida o‘quvchilarning milliy qadriyatlarga sodiqlik, vatanparvarlik va insonparvarlik tuyg‘ularini rivojlantirishda musiqiy ta’limning innovatsion metodlari tahlil qilingan. Maqolada taklif etilgan pedagogik mexanizmlar barkamol shaxsni tarbiyalashda milliy musiqa san’atining didaktik imkoniyatlaridan samarali foydalanish yo‘llarini ko‘rsatib beradi va umumta’lim maktablari o‘qituvchilari uchun amaliy tavsiyalar beradi.</jats:p>