Back to Search View Original Cite This Article

Abstract

<jats:p>Ushbu mavzuda yengil atletika mashg‘ulotlarining nosog‘lom (sog‘ligida muammolari mavjud) bolalarning jismoniy hamda ruhiy holatini yaxshilashdagi ahamiyati ilmiy asosda yoritiladi. Yengil atletika tarkibidagi yugurish, sakrash, uloqtirish kabi mashqlar bolalarda umumiy jismoniy tayyorgarlikni oshirish, yurak-qon tomir va nafas olish tizimlarini mustahkamlash, mushaklar faoliyatini yaxshilash hamda harakat koordinatsiyasini rivojlantirishga xizmat qiladi. Shu bilan birga, muntazam sport faoliyati bolalarning psixologik barqarorligini kuchaytiradi, stress va xavotirni kamaytiradi, o‘ziga bo‘lgan ishonchni oshiradi hamda ijtimoiy moslashuv jarayonini tezlashtiradi. Tadqiqot doirasida yengil atletika mashg‘ulotlarini sog‘lig‘i cheklangan bolalarga moslashtirish, yuklamani individual rejalashtirish va sog‘lomlashtiruvchi sport metodlaridan foydalanish masalalari ham tahlil qilinadi. Natijada, yengil atletika sog‘lom turmush tarzini shakllantirish va bolalar sog‘lig‘ini tiklashda samarali vosita ekanligi asoslab beriladi.</jats:p>

Show More

Keywords

yengil atletika hamda bolalarning jismoniy

Related Articles