Abstract
<jats:p>Mazkur maqolada ibtidoiy odamlarda dastlabki ongning shakllanishi psixologik yondashuvlar asosida tahlil qilinadi. Tadqiqotda ongning vujudga kelishi biologik instinktlar bilan cheklanib qolmasdan, ijtimoiy tajriba, mehnat faoliyati va muloqot jarayonlari ta’sirida bosqichma-bosqich murakkablashib borgan murakkab psixologik hodisa sifatida talqin etiladi. Arxeologik va antropologik manbalar, jumladan marosimli ko‘mish odatlari (Shanidar va Teshiktosh g‘orlari), qoyatosh san’ati namunalari (Lascaux g‘ori) hamda ibtidoiy mehnat qurollari tahlili asosida dastlabki ongning kollektiv xarakteri, sezgi-idrokka tayangan tafakkuri va mifologik–obrazli fikrlash xususiyatlari ochib beriladi. Tadqiqot natijalari ibtidoiy ong inson psixikasining keyingi evolyutsion taraqqiyoti, xususan abstrakt tafakkur, ramziy fikrlash, diniy tasavvurlar va san’atning shakllanishi uchun muhim psixologik poydevor bo‘lib xizmat qilganini ko‘rsatadi.</jats:p>