Back to Search View Original Cite This Article

Abstract

<jats:p>Mazkur maqolada tibbiyot talabalarida kommunikativ kompetentlikni rivojlantirishning ijtimoiy-psixologik mexanizmlari tahlil qilinadi. Sog‘liqni saqlash tizimida samarali muloqot kasbiy muvaffaqiyatning muhim omili sifatida qaralib, bo‘lajak shifokorlarning bemor, hamkasb va jamiyat bilan o‘zaro munosabatlarida kommunikativ madaniyatning o‘rni yoritiladi. Tadqiqotda kommunikativ kompetentlikning tarkibiy qismlari – empatiya, ijtimoiy persepsiya, refleksiya, verbal va noverbal muloqot ko‘nikmalari, nizolarni konstruktiv hal etish qobiliyati kabi jihatlar ijtimoiy-psixologik nuqtai nazardan asoslab beriladi. Shuningdek, guruhiy dinamika, ijtimoiy identifikatsiya, rolli o‘yinlar, trening texnologiyalari va interfaol ta’lim metodlarining talabalar kommunikativ salohiyatini oshirishdagi ahamiyati ochib beriladi. Maqolada oliy tibbiy ta’lim jarayonida kommunikativ kompetentlikni shakllantirishning samarali yo‘llari hamda uni rivojlantirishga ta’sir etuvchi psixologik omillar yuzasidan ilmiy xulosalar bayon etiladi.</jats:p>

Show More

Keywords

kommunikativ maqolada kompetentlikni ijtimoiypsixologik samarali

Related Articles