Back to Search View Original Cite This Article

Abstract

<jats:p>Mazkur maqolada boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchilarini tayyorlash tizimini zamonaviylashtirish sharoitida sun’iy intellekt texnologiyalari hamda yashil pedagogika tamoyillarini integratsiyalashning nazariy-metodologik asoslari tahlil qilinadi. Tadqiqotning dolzarbligi pedagogik ta’lim tizimida raqamli transformatsiya jarayonlarining jadallashuvi hamda barqaror rivojlanish tamoyillarini ta’lim mazmuniga kiritish zarurati bilan izohlanadi. Tadqiqot jarayonida tizimli tahlil, qiyosiy-tahliliy yondashuv, hujjatlar tahlili va kontent-tahlil metodlaridan foydalanildi. Xalqaro hamda milliy ilmiy manbalar asosida o‘qituvchi kasbiy kompetensiyalarining zamonaviy talqinlari o‘rganildi. Tadqiqot natijalari pedagogik oliy ta’lim tizimida sun’iy intellekt texnologiyalaridan foydalanish o‘qitish jarayonini individuallashtirish va pedagogik faoliyat samaradorligini oshirish imkonini berishini ko‘rsatdi. Shuningdek, yashil pedagogika tamoyillarining integratsiyasi bo‘lajak o‘qituvchilarda ekologik tafakkur va mas’uliyatli pedagogik yondashuvlarni shakllantirishga xizmat qilishi asoslandi. Tadqiqot natijalari boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchilarini tayyorlash tizimini takomillashtirish hamda pedagogik ta’lim mazmunini modernizatsiya qilishda ilmiy-metodik asos bo‘lib xizmat qilishi mumkin.</jats:p>

Show More

Keywords

talim pedagogik hamda tadqiqot boshlangich

Related Articles