Abstract
<jats:p>Mazkur maqolada oliy ta’lim tizimida interfaol metodlarning talabalarning kommunikativ kompetensiyalarini rivojlantirishdagi o‘rni va ahamiyati tahlil qilinadi. Tadqiqotda sifatli yondashuv asosida interfaol o‘qitish strategiyalarining talabalar faol ishtirokini oshirish, tanqidiy va tahliliy fikrlashini rivojlantirish hamda jamoada ishlash ko‘nikmalarini shakllantirishdagi pedagogik imkoniyatlari yoritilgan. Interfaol ta’lim muhitida aqliy hujum, Klaster, Venn diagrammasi, SWOT tahlili, rolli o‘yinlar va loyiha usuli kabi metodlarning qo‘llanilishi talabalar o‘rtasida samarali muloqotni yo‘lga qo‘yish, hamkorlikni kuchaytirish va mustaqil fikrlashni rivojlantirishga xizmat qilishi asoslab berilgan. Tadqiqot natijalari interfaol o‘qitish yondashuvlari talabalarning ijtimoiy moslashuvchanligi, kommunikativ faolligi hamda akademik muvaffaqiyatini oshirishda muhim pedagogik vosita ekanligini ko‘rsatadi.</jats:p>