Back to Search View Original Cite This Article

Abstract

<jats:p>Mazkur maqolada oliy ta’limda matematika fanini o‘qitishda mustaqil ta’lim jarayonini raqamli platforma asosida tashkil etish va baholashning metodik-texnologik yechimlari yoritiladi. Tadqiqot HUMMATH platformasi misolida 25 nafar talaba ishtirokida 1 ta fan doirasida 15 ta mavzu bo‘yicha 15 hafta davom etgan pilot sinovga tayanadi. Mustaqil topshiriqlar sillabus mezonlariga mos holda darajalangan (A–B–C), topshirish QR-kod orqali tashkil etilgan va rubrika (mezonli baholash) asosida baholangan. Ishda raqamli platforma yordamida mustaqil ta’limni boshqarishning “maqsadli–jarayonli–natijaviy” modeli taklif etilib, platforma loglari, monitoring va teskari aloqa mexanizmlari asosida tavsifiy tahlil beriladi. Natijalar raqamli platformalar topshiriqlarni standartlashtirish, baholash shaffofligini kuchaytirish, o‘qituvchi yuklamasini optimallashtirish hamda akademik halollikni qo‘llab-quvvatlashda samarali ekanini ko‘rsatadi.</jats:p>

Show More

Keywords

mustaqil raqamli platforma asosida tashkil

Related Articles