Abstract
<jats:p>Mazkur maqolada zamonaviy pedagogik yondashuv asosida “Dasturlash” fanining funksional dasturlash paradigmasini o‘qitishga doir konseptual model taklif etiladi. Model doirasida fan mazmunini o‘qitishni tashkil etish tizimli tahlil asosida yoritilib, ta’lim jarayonini yaxlit pedagogik tizim sifatida ko‘rib chiqish ustuvor yo‘nalish sifatida belgilangan. Taklif etilgan yondashuv dasturlashni o‘qitish tizimining tarkibiy qismlarini o‘zaro bog‘liqlik, tuzilma, tashkil etilish darajalari, ierarxik munosabatlar, boshqaruv mexanizmlari hamda o‘z-o‘zini rivojlantirish xususiyatlari nuqtai nazaridan tahlil qilish imkonini beradi.]Semiotik yondashuv asosida dasturlash masalalarini yechishda optimal algoritmni tanlash va asoslash jarayonida mantiqiy-universal amallar muhim ahamiyat kasb etadi. Ularning shakllanish darajasi talabalarning muammoni yechish algoritmini bir belgilar tizimidan boshqasiga transformatsiya qilish ko‘nikmalariga bevosita ta’sir ko‘rsatadi.</jats:p>