Back to Search View Original Cite This Article

Abstract

<jats:p>Ushbu maqolada bo‘lajak boshlangich sinf o‘qituvchilarining tabiiy fanlarni o’qitish ko’nikmalarini STEAM texnologiyasi asosida takomillashtirishga doir taklif va tavsiyalar ishlab chiqish va boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarida tabiiy fanlarni steam asosida o‘qitishda integrativ yondashuv tamoyillari va nazariy-metodologik asoslari yoritib o‘tilgan. STEAM yondashuv nafaqat bilim olishni, balki kreativ va analitik fikrlash, jamoaviy ishlash hamda ilmiy yondashuvlarni shakllantirishni maqsad qiladi. Mazkur maqolada STEAM texnologiyasining ta’limdagi ahamiyati, afzalliklari hamda amaliyotda qo‘llash usullari yoritilgan. STEAM ta’limi orqali o‘quvchilarning qiziqishini oshirish, ilmiy izlanish ko‘nikmalarini shakllantirish va ularning muammolarni hal qilish qobiliyatini rivojlantirishga urg‘u beriladi. Shuningdek, integrativ yondashuvning ta’lim jarayonidagi roli va samaradorligi muhokama qilinadi. Bugungi ta’lim paradigmasi o‘qitishning eng quyi bosqichidan boshlab kognitiv va axloqiy sifatlarini uyg‘unlashtirish, inson va tabiatni yaxlit uzviy jarayonlar sifatida o‘rganish, ongli tahlil qilish imkonini berish, tabiiy-ilmiy va ijtimoiy bilimlarni o‘zaro mujassamlashtirish asosida tashkil etishga ehtiyoj sezmoqda. Bu esa o‘z navbatida, o‘quvchilarni kerakli bilimlarni mustaqil o‘rganish, ijodiy faoliyatga kirishish, shuningdek, o‘qishga nisbatan shaxsiy motivatsiya uyg‘otish hamda o‘rganilgan nazariy bilimlarni real hayotiy vaziyatlarda qo‘llay olish zaruriyatini vujudga keltiradi.</jats:p>

Show More

Keywords

steam asosida hamda bilimlarni maqolada

Related Articles