Abstract
<jats:p>Mazkur maqolada sirkul va chizg’ich yordamida geometrik konstruktsiyalarni yechishning nazariy asoslari va amaliy tatbiqlari tizimli tarzda yoritiladi. Konstruktsiya masalalari chiziqli geometriya va klassik teoremalarga tayangan holda, bosqichma-bosqich yechim metodlari orqali tahlil qilinadi. Maqolada shuningdek konstruktsiyaning matematik modeli, algoritmik yondashuvlari hamda ta’lim jarayonida, CAD tizimlarida (CAD tizimi — bu inglizcha Computer-Aided Design, ya’ni “kompyuter yordamida loyihalash” so‘zlarining qisqartmasi) va matematik modellashtirishda qo‘llanilishi bo‘yicha misollar keltiriladi. Ushbu yondashuv konstruktsiya masalalarining fundamental algebraik va geometrik jihatlarini tizimli tushuntirishga imkon beradi.</jats:p>