Back to Search View Original Cite This Article

Abstract

<jats:p>Mazkur maqolada “Algoritmik tillar va dasturlash” fanini o‘qitishda turli ta’lim metodlarining samaradorligini ko‘p qatlamli neyron tarmoq modeli asosida oldindan bashorat qilish masalasi ko‘rib chiqilgan. O‘quv jarayonida shakllanadigan ta’limiy ma’lumotlar (boshlang‘ich diagnostika natijalari, amaliy topshiriqlarni bajarish ko‘rsatkichlari, dasturiy xatolar tahlili, oraliq nazorat natijalari hamda qo‘llanilgan o‘qitish metodlari) talabaning o‘zlashtirish darajasini ifodalovchi ko‘p o‘lchovli xususiyatlar fazosi sifatida qaraldi. Ushbu ma’lumotlar asosida o‘qitilgan ko‘p qatlamli neyron tarmoq modeli yordamida qaysi o‘qitish metodlari o‘zlashtirish ehtimolini oshirishi mumkinligi aniqlanadi. Tadqiqot natijasida o‘qitish metodlarini ilmiy asosda tanlash, o‘quv jarayonini individuallashtirish hamda ta’lim samaradorligini oshirish imkonini beruvchi bashorat qilish modeli taklif etildi.</jats:p>

Show More

Keywords

modeli oqitish talim samaradorligini qatlamli

Related Articles