Abstract
<jats:p>Ushbu maqolada ma’naviy tahdidlar tushunchasi, ularning yoshlar ongiga ta’siri hamda ularning oldini olish orqali talabalar ijtimoiy faolligini oshirish masalalari tahlil qilinadi. Zamonaviy globallashuv sharoitida turli axborot oqimlari yoshlarning dunyoqarashi, qadriyatlari va hayotiy pozitsiyasiga bevosita ta’sir ko‘rsatmoqda. Shu sababli ta’lim muassasalarida ma’naviy tahdidlarga qarshi kurashishning samarali pedagogik metodlarini ishlab chiqish muhim hisoblanadi. Maqolada talabalar ijtimoiy faolligini oshirishga qaratilgan metodik yondashuvlar, tarbiyaviy ish shakllari va ularni amaliyotga joriy etish yo‘llari yoritilgan. Tadqiqot natijalari ma’naviy immunitetni shakllantirish orqali yoshlarning jamiyat hayotidagi faol ishtirokini ta’minlash mumkinligini ko‘rsatadi.</jats:p>