Abstract
<jats:p>Emotsional-ekspressivlik tushunchasi hozirgi zamon tilshunosligida muhim va dolzarb kategoriyalardan biri sifatida e’tirof etiladi. Ushbu hodisa ko‘plab adabiy asarlar, xususan, milliy adabiyotimiz namoyandalarining ijodiy merosi asosida turli lingvistik yo‘nalishlar doirasida tadqiq etib kelinmoqda. Mazkur maqolada taniqli yozuvchi Said Ahmadning “Qorako‘z Majnun” hikoyasida emotsional-ekspressivlikni yuzaga chiqaruvchi lisoniy vositalarning lingvopragmatik xususiyatlari atroflicha tahlil qilinadi. Shuning asosida asar matni chuqurroq o‘rganilib, unda muallif tomonidan ilgari surilgan asosiy g‘oya, badiiy niyat va mazmuniy qatlamlar yoritib beriladi.</jats:p>
Show More
Keywords
asosida
emotsionalekspressivlik
tushunchasi
hozirgi
zamon