Abstract
<jats:p>Mazkur tadqiqotda ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilinayotgan axborot matnlarining sotsiolingvistik xususiyatlari Qalampir.uz internet nashri misolida tahlil qilinadi. Ishda ijtimoiy tarmoq matnlarida til va jamiyat o‘rtasidagi o‘zaro munosabat, auditoriyaga moslashuv, uslubiy qatlamlar, emotsional-ekspressiv vositalar hamda nutqiy strategiyalar o‘rganildi. Tadqiqot jarayonida deskriptiv, kontekstual va pragmatik tahlil metodlaridan foydalanildi. Natijalar ijtimoiy tarmoq matnlarida rasmiy va norasmiy nutq unsurlarining qorishib ketgani, til birliklarining jamoatchilik ongiga ta’sir ko‘rsatish maqsadida tanlanishini ko‘rsatdi.</jats:p>
Show More
Keywords
ijtimoiy
tahlil
tarmoq
matnlarida
mazkur