Abstract
<jats:p>Ushbu maqolada asosan gender stereotiplarining nazariy asoslari, kelib chiqish shakliga ko‘ra turlari hamda ingliz va o‘zbek adabiyotida badiiylikni oshirish uchun stereotiplardan mualliflarning qay darajada mohirona foydalanishlari borasida fikr va mulohazalar bayon qilingan. Gender stereotiplari orqali faollashgan erkak va ayolning ijtimoiy rollari, kasbiy faoliyatlari, oilada tutgan mavqelari hamda ikki jins vakillarining tashqi ko‘rinishlariga bog‘liq bo‘lgan stereotiplarni ingliz adabiyoti vakili Margaret Mitchelning “Shamollarda qolgan hislarim”, o‘zbek romanchiligining asoschisi Abdulla Qodiriyning durdona asari “O‘tgan kunlar” hamda o‘zbek adabiyotining yorqin namoyondasi Abdulla Qahhorning “Sinchalak”qissasi misolida tahlilga tortildi</jats:p>