Abstract
<jats:p>Mazkur maqolada o‘quv va ikki tilli lug‘atlarda muqobilsiz leksik birliklarni berishning semantik va pragmatik tamoyillari tahlil qilinadi. Tadqiqotda muqobilsiz leksikaning lingvokulturologik tabiati, ularni o‘quv lug‘atlarida talqin etishdagi asosiy muammolar hamda ma’no va nutqiy vaziyat bilan bog‘liq jihatlari yoritiladi. O‘zbek va ingliz tillari materiallari asosida muqobilsiz birliklarni izohlashda semantik ekvivalentlik, pragmatik moslashuv va madaniy kontekstni hisobga olish zarurligi asoslab beriladi. Shuningdek, ayrim hollarda hududiy nutqqa xos birliklar, jumladan Xorazm shevasiga oid leksik birliklar misolida muqobilsiz so‘zlarning lug‘atdagi ifodalanish xususiyatlari ko‘rsatib o‘tiladi. Tadqiqot natijalari o‘quv va ikki tilli lug‘atlarni takomillashtirish, muqobilsiz leksikani izohlashning samarali usullarini ishlab chiqish hamda tarjima va til o‘qitish jarayonida ularning qo‘llanilish imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qiladi</jats:p>