Abstract
<jats:p>Mazkur maqolada qurilish sohasi terminologiyasida uchraydigan toponimlarning tarjima jarayonidagi o‘ziga xos jihatlari lingvistik, madaniy hamda kontekstual nuqtayi nazardan tadqiq etiladi. Toponimlar muayyan geografik makon nomlarini ifodalovchi til birliklari bo‘lib, qurilish leksikasida turli inshootlar, me’moriy uslublar va texnologiyalar bilan bog‘liq terminlar tarkibida faol qo‘llaniladi. Tadqiqot doirasida ingliz, rus va o‘zbek tillarida uchraydigan ayrim qurilish terminlari misolida toponimlarni tarjima qilishda qo‘llaniladigan asosiy strategiyalar — transliteratsiya, kalka va izohli tarjima usullari tahlil qilinadi hamda tarjima jarayonida madaniy konnotatsiyalarni saqlab qolish masalasi yoritiladi.</jats:p>
Show More
Keywords
tarjima
qurilish
uchraydigan
madaniy
hamda