Back to Search View Original Cite This Article

Abstract

<jats:p>Ushbu maqolada diskurs tushunchasi keng qamrovda o‘rganilgan va uning turli sohalarda, xususan tibbiy va ilmiy nutq doirasida qo‘llanilishi tahlil qilingan. Maqolada diskursning kelib chiqishi, rivojlanish bosqichlari hamda tilshunos olimlarning matn va diskurs borasidagi nazariy xulosalari bayon etiladi. Shuningdek, matn va diskurs tushunchalarining o‘zaro bog‘liqligi, ularning tipologiyasi va strukturalaridagi farqlar ko‘rib chiqiladi. Maqola doirasida diskursning kommunikativ, kognitiv va pragmatik jihatlari o‘rganiladi. Xususan, tibbiy diskursda kognitiv-pragmatik strategiyalarning roliga e’tibor qaratilib, shifokor va bemor o‘rtasidagi samarali muloqot, ilmiy matnlarni tuzish va tushunarlilikni oshirishdagi ahamiyati tahlil qilinadi. Tadqiqotda ilmiy va tibbiy matnlarning tarkibiy va semantik xususiyatlari, kognitiv strategiyalarni tanlash va qo‘llash mexanizmlari ham ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, maqolada diskursning lingvistik, kommunikativ va ijtimoiy aspektlari, nutq ishtirokchilari xususiyati, ularning professional va ijtimoiy maqomi diskursdagi strategiyalarni tanlashga ta’siri haqida ma’lumot beriladi. Maqola tahliliy xulosalar bilan yakunlanib, diskurs tushunchasini amaliy tadqiqotlarda qo‘llash imkoniyatlarini, shuningdek tibbiy diskursni samarali tashkil etish va optimallashtirish yo‘llarini ko‘rsatadi.</jats:p>

Show More

Keywords

diskurs tibbiy maqolada ilmiy diskursning

Related Articles