Abstract
<jats:p>Mazkur maqolada ingliz va o‘zbek paremiologiyasida uchraydigan zoonimik birliklar kognitiv-pragmatik yondashuv asosida qiyosiy tahlil qilinadi. Tadqiqotda hayvon nomlari ishtirok etgan maqol va matallar milliy dunyoqarash, madaniy tajriba hamda kommunikativ maqsadlarni ifodalovchi til birliklari sifatida talqin etiladi. Zoonimik obrazlarning inson xulq-atvori, ijtimoiy munosabatlar va axloqiy qarashlarni modellashtirishdagi roli aniqlanadi. Qiyosiy tahlil natijasida ingliz va o‘zbek tillariga xos umumiy kognitiv modellar hamda madaniy jihatdan farqlanuvchi pragmatik xususiyatlar ochib beriladi. Tadqiqot natijalari kognitiv lingvistika, pragmatika va qiyosiy paremiologiya yo‘nalishlarida olib boriladigan izlanishlar uchun muhim nazariy asos bo‘lib xizmat qiladi.</jats:p>