Abstract
<jats:p>Mazkur maqolada Xoja Kalonbek shaxsi va uning tarixiy faoliyati manbalar asosida yoritiladi. Xususan, Hasanxo‘ja Nisoriyning “Muzakkiri ahbob” asaridagi Xoja Kalonbekka bag‘ishlangan maqola hamda Zahiriddin Muhammad Boburning “Boburnoma”si, Mirzo Muhammad Haydarning “Tarixi Rashidiy”, Nizomiddin Ahmadning “Tabaqoti Akbar Shoxiy” va Amir Mahmud Xondamirning tarixiy asarlaridagi ma’lumotlar qiyosiy tahlil qilinadi. Maqolada Xoja Kalonbekning Boburiylar davlatidagi o‘rni, Hindiston yurishlaridagi harbiy-siyosiy faoliyati, Bobur bilan munosabatlari, Agra iqlimining og‘ir sharoiti sabab Hindistonni tark etish qarori va uning shaxsiy ruhiy kechinmalari yoritiladi. Shuningdek, Xoja Kalonbekning adabiy ijodi, xususan Hindiston iqlimiga munosabatini aks ettirgan forsiy bayt mazmuni va talqinlariga e’tibor qaratiladi. Tadqiqot Xoja Kalonbek shaxsining tarixiy va adabiy qirralarini yaxlit holda ochib berishga xizmat qiladi.</jats:p>