Abstract
<jats:p>Ushbu maqola Navoiy viloyatida amalga oshirilayotgan ijtimoiy himoya siyosatining hududiy jihatdan o'ziga xos xususiyatlarini o‘rganishga bag‘ishlangan. Tadqiqotda viloyatning iqtisodiy tuzilishi, demografik holati, infratuzilmasi va tabiiy-geografik sharoitlari hisobga olingan holda, markazdan belgilanayotgan siyosatning mintaqaviy darajadagi amalga oshirilishi jarayonidagi mohiyatli farqlar tahli l qilinadi. Maqolada ilgari surilgan asosiy gipoteza shundan iboratki, Navoiy viloyatining sanoatga ixtisoslashgan rivojlanish modeli, yosh demografik tuzilmasi va keng hududiy tarqalishi ijtimoiy himoya tizimiga o‘ziga xos talablarni qo‘yadi, bu esa yagona dasturlarni moslashtirish zaruratini tug‘diradi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatdiki, viloyatda pensiya ta’minoti va nogironlarga g‘amxo‘rlik qilish sohasidagi yutuqlarga qaramay, yoshlar bandligi, keng hududlarda ijtimoiy xizmatlarning etishmasligi va nodavlat sektorining kuchsizligi kabi muammolar saqlanib qolmoqda. Maqolada ushbu muammolarni bartaraf etish uchun hududiy jihatdan differensiallashgan yondashuvlar taklif etilgan</jats:p>