Abstract
<jats:p>O‘zbek xalqining an’anaviy madaniyatida mahalla instituti qiz bola tarbiyasining asosiy ijtimoiy-pedagogik markazi hisoblanadi. Mazkur maqolada to‘y va nikoh marosimlari, Navro‘z bayrami, “Qizil gul”, “Lola sayli” kabi xalq bayramlari va sayillar orqali qiz bolalarning ijtimoiylashuvi, axloqiy tarbiyasi va jamoaviy me’yorlarni o‘zlashtirish jarayonlari etnografik-antropologik jihatdan chuqur tadqiq etilgan. Nikoh to‘yi marosimlaridagi yosh kelinlarning o‘zbekona ibosi, qilayotgan xizmatlarining voyaga yetayotgan qizlarning tarbiyasidagi o‘rni, turli bayram va sayllarda o‘tkaziladigan tadbirlarning mohiyati ochib berilgan. Shuningdek, sharqona tarbiyada ramzlarning ahamiyati ham muhim ekanligi ko‘rsatib o‘tilgan. Tadqiqot bugungi axborot makonida o‘zbek xalqining o‘zligini saqlab qolishda milliy qadriyatlar, marosim, xalq bayramlari va sayllarning ahamiyati yuqori ekanini ko‘rsatadi.</jats:p>